Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan qilichbozlik turnirida rapira yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan qilichbozlik turnirida rapira yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
Bugun Toshkentda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining sobiq bosh hakami, xalqaro darajadagi referi Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan nufuzli turnir doirasida rapira yo‘nalishida yakkalik bahsi o’tkazildi.
Ahamiyatli jixati ushbu musobaqa O‘zbekiston hamda jahon qilichbozligi tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Aida Xasanovaning sport sohasidagi xizmati va fidoyiligi xotirasini e’zozlashga qaratilgan bo‘lib, yosh sportchilarga ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yakuniy natijalar;
O‘g‘il bolalar:
1-o‘rin — Ibragimov Akmal (Toshkent)
2-o‘rin — Salak Roman (Toshkent)
3-o‘rin — Tulkinov Muhammadkodir (Toshkent)
3-o‘rin — Estey Mansur (Qozog‘iston)
Qiz bolalar:
1-o‘rin — Karimova Asal (Toshkent)
2-o‘rin — Kildieeva Aneliya (Toshkent)
3-o‘rin — Adashaliyeva Sabina (Toshkent)
3-o‘rin — Tashimova Rayana (National club)
Ertaga rapira bo’yicha jamoaviy bahs bo’lib o’tadi