Qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tayyorgarlik bosqichi
Qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tayyorgarlik bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil
8-iyuldagi PK-221-sonli qarori — “2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan XXXIV Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi hujjat asosida mamlakatimizda sport sohasida izchil tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shu maqsadda, yaqin kunlarda Saudiya Arabistonida o‘tadigan “Islom o‘yinlari— 2025” musobaqalariga puxta hozirlik ko‘rish uchun qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari hozirda Qozog‘iston Respublikasining Olma-Ota shahrida o‘tayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida (O‘MY) ishtirok etmoqda.
Ushbu xalqaro yig‘in milliy sportchilarimiz uchun yangi tajribalar, ilg‘or metodikalar va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikning amaliy bosqichidir.
Yangi g‘alabalar sari dadil qadamlar!
Olma-Ota shahrida o‘tayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Milliy terma jamoamiz vakillariga shpaga yo‘nalishi bo‘yicha bosh murabbiy Ruslan Kudaev hamda xorijlik mutaxassis Xose Benavides rahbarlik qilmoqda.
Mazkur O‘quv-mashg‘ulot yig‘inida quyidagi sportchilar qatnashmoqda:
1. Nurmatov Javohir
2. Timurov Meirxan
3. Sidikov Muhammad Yusuf
4. Turishev Iskander
5. Muminov Nuriuxamad
6. Fayziev Ahmadjon
7. Ahmedov Saidakbar
8. Hakimova Malika
9. Murzataeva Dilnaz
10. Egamberdieva Shaxzoda
11. Rahimova Sevara
12. Sapparova Bibimaryam
Ushbu xalqaro mashg‘ulotlar orqali sportchilarimiz nafaqat o‘z mahoratini oshirmoqda, balki xalqaro maydonlarda O‘zbekiston nomini munosib himoya etish uchun jismoniy va ruhiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rmoqda.
O‘zbekiston qilichbozlariga omad tilaymiz!






