Qilichbozlik — jasorat, intizom va Vatanga sadoqat ramzi!

Qilichbozlik — jasorat, intizom va Vatanga sadoqat ramzi! 

Nukus shahrida Mudofaa vazirligi huzurida xizmat qilayotgan askarlar qilichbozlik sporti bilan yaqindan tanishish maqsadida qilichbozlik zaliga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv Qilichbozlik federatsiyasi va O‘zR Mudofaa vazirligi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik Memorandumi doirasidagi qator istiqbolli loyihalarning amaliy bosqichi sifatida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi sablist Sherzod Mamutov tomonidan mahorat darsi o’tkazildi.

U qilichbozlikning uch yo‘nalishi — sablya, rapira va shpaga turlari haqida batafsil tushuntirib berdi. Har bir yo‘nalishning texnikasi, jang uslubi va farqli jihatlarini amaliy tarzda namoyish etdi.
Ayniqsa, Mamutov o‘zining asosiy yo‘nalishi — sablya bo‘yicha jang qilish texnikalarini ko‘rsatib, hujum va himoya usullari bilan tanishtirdi

Bu uchrashuv nafaqat sport, balki vatanparvarlik, jismoniy tayyorgarlik va ruhiy bardamlik mustahkamlovchi muhim qadriyatlarni o‘zida mujassam etdi.