Toshkent yana bir bor xalqaro qilichbozlik markaziga aylanmoqda

Toshkent yana bir bor xalqaro qilichbozlik markaziga aylanmoqda

 

2025-yil 13-16 noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxti qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo‘yicha kade­tlar va yoshlar o‘rtasida FIE Jahon kubogi musobaqasiga mezbonlik qiladi.

Ushbu nufuzli xalqaro turnir,dunyoning eng kuchli yosh qilichbozlarini birlashtiradi.

 

JK bosqichida 17 mamlakat sportchilari ishtirok etishi kutilmoqda, jumladan:

Xitoy, Braziliya, Turkiya, Polsha, Argentina, Nigeriya, Isroil, Gonkong, Vengriya, Hindiston, Qozog‘iston, Koreya, Serbiya, Chexiya Respublikasi, Germaniya, Rossiya (FIE bayrog‘i ostida qatnashadi) va O‘zbekiston.

 

Hozirgi kungacha jahonning 280dan ortiq qilichbozlari ishtiroki tasdiqlandi:

Kadetlar (qizlar): 48 nafardan ortiq sportchilar;

Kadetlar (o‘g‘il bolalar): 53 sportchi.

Yoshlar (qizlar): 89 sportchi

Yoshlar (o‘g‘il bolalar): 99 sportchi.

 

Shu kunlarda qilichbozlik sporti muhlislari uchun “Ochiq eshiklar kunlari” ham tashkil etilgan. Barchani qiziqarli tadbir va JK musobaqasiga taklif etamiz!

2025-yil 13-16 noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo’lib o’tadigan qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi

FIE Jahon kubogi musobaqasini o’tkazish Reglamenti 2025 yil,

13 noyabr (payshanba) - Kadetlar o‘rtasida yakka musobaqa (o‘g‘il bolalar va qizlar)

08:00-09:00 — Ro‘yxatdan o‘tish va qurol nazorati

09:00 - Musobaqalar boshlanishi

 

14 noyabr (juma) - Kadetlar- o’g’ilbolalar va qizlar o‘rtasida jamoaviy tartibda musobaqa.

08:00-09:00 - Ro‘yxatdan o‘tish va qurol nazorati

09:00 - Musobaqalar boshlanishi. 

 

15 noyabr (shanba) - Yoshlar - o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida yakka tartibda musobaqa

08:00-09:00 - Ro‘yxatdan o‘tish va qurol nazorati.

09:00 - Musobaqalar boshlanishi

 

16 noyabr (yakshanba) - Yoshlar - o’g’il bolalar va qizlar o‘rtasida jamoaviy musobaqalar. 

08:00-09:00 - Ro‘yxatdan o‘tish va qurol nazorati

• 09:00 - Musobaqalar boshlanishi.