Farg‘onada Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi yakunlandi!

Farg‘onada Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi yakunlandi!

25–30 sentyabr kunlari Farg‘ona shahrida yoshlar (U–23 yigit va qizlar) o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Kubogi o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning so‘nggi kuni sablya yo‘nalishida jamoaviy bellashuvlarga boy bo‘ldi. Har bir zarba, har bir hujum va qarshi hujum tomoshabinlarda katta hayajon uyg‘otdi.
Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston terma jamoalari musobaqada o‘z ustunligini ko‘rsatdi.

Erkaklar jamoaviy bahslari natijalari:
 Qoraqalpog‘iston – 1
Qoraqalpog‘iston – 2
Qoraqalpog‘iston -3
Toshkent – 1

Qizlar jamoaviy bahslari natijalari:
 Qoraqalpog‘iston –1
 Qoraqalpog‘iston –2
 Jizzax
 Toshkent –1

Qoraqalpog‘iston va sovrindor jamoalarning bu yutug‘i nafaqat ularning mehnati, balki murabbiylar fidoyiligi va jamoaviy ruh natijasidir.

O‘zbekiston Kubogi yosh qilichbozlarimiz uchun katta tajriba, yangi do‘stliklar va kelajakdagi yirik musobaqalarga tayyorgarlik maktabi bo‘ldi.