Yosh qilichbozlar jangovar ruhda!
Yosh qilichbozlar jangovar ruhda!
Har bir g‘alaba tayyorgarlikdan boshlanadi.
Bugun esa bizning yosh qilichbozlar — aynan shu yo‘lda!
2025-yil 19-oktabr kuni Chirchiq shahrida shpaga yo‘nalishidagi sportchilar uchun “jangovar tayyorgarlik” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati va Toshkent shahri Milliy klub qilichbozlari qatnashishdi.
Bu oddiy mashg‘ulot emas edi — bu ruhiy va jismoniy sinov!
Har bir zarba, har bir harakat — zportchilar uchun o‘z ustida ishlash, sabr va kuch sinovi bo‘ldi.
Tajriba orttirgan yosh qilichboziar endi musobaqalarda yangi bosqichga chiqish arafasida!
“Jangovar tayyorgarlik usuli bizga faqat zarba berishni emas, o‘zimizni yengishni o‘rgatadi”, — deydi ishtirokchilardan biri.
Murabbiylar jamoasi ham har bir qilichbozning texnikasiga alohida e’tibor qaratib, ularni kelgusi musobaqalarga ruhlantirdi.
Bugungi tayyorgarlik — ertangi g‘alabaning poydevori!
Yosh qilichbozlarimizga kuch, ilhom va g‘alabalar tilaymiz!