O‘zbekiston shpagachilari Osiyo Kubogi g‘olibi!

O‘zbekiston shpagachilari Osiyo Kubogi g‘olibi!

Toshkentda bo’lib o‘tgan Osiyo Kadet Kubogi musobaqasi shpagachilar jamoaviy bahsi bilan yakunlandi.

Hal qiluvchi janglarda o‘zining qat’iyati va jipsligi bilan ajralib chiqqan O‘zbekiston milliy terma jamoasi —
 • ABDULLAEV Gaybullakhon
 • BAGAUTDINOV Vadim
 • KAMALOV Koblan
 • SUYUNOV Sardor

final bahsida Iroq terma jamoasini sezilarli ochkolar farqi bilan 45:26 hisobida mag‘lub etib, shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va Osiyo Kubogi hamda oltin medalni qo‘lga kiritdi! 

Yakuniy natija:

O‘zbekiston
 Iroq
 Qirg‘iziston
 Qozog‘iston

Mazkur musobaqada yosh qilichbozlarimiz erishgan g‘alaba va yahshi natijalar — yurtimiz qilichbozlik sportining yuksalayotganidan dalolat.
Milliy terma jamoamizni, murabbiylarimizni va barchani ushbu zafar bilan tabriklaymiz!