Суҳбат. Шахноза Тоғаймуратова, Зульфияхонимиздошлари сафида

Bugun, bahor faslining ilk kuni xalqimiz ardoqlagan sevimli shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan 1mart sanasi munosabati bilan moxir o'zbek qilichboz-qizlaridan Milliy terma jamoa a'zosi Shaxnoza Tog’aymurodova bilan suhbatlashdik. 
Ta'kidlash joizki, Shaxnoza Tog'aymurodova qilichbozlik sport turida birinchi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan sportchi. 


- Shaxnoza aytingchi Zulfiyaxonim izdoshlari safidan qachon o'rin olgansiz?

- U kun hech qachon esimdan chiqmaydi, 2020-yil 7-mart sanasida Prezidentimiz qo’llaridan ushbu mukofotni olganman. Ma'lumki, "Zulfiyaxonim” davlat mukofotini qo’lga kiritmoqchi bo’lgan qizlarga 7 ta yo’nalish belgilangan. Men sport yo’nalishida erishqan yutuqlarim sababli ushbu yuksak mukofotni olganman.

- Siz bu yilgi qilichbozlik sporti yangi mavsumida Bolgariyada o'tkazilgan sablya yo'nalishidagi ilk xalqaro turnirda kumush medalini qo'lga kiritdingiz. Ushbu musobaqadagi qaysi bellashuv siz uchun qiyin kechdi?

- Albatta, butun dunyoda sportga juda katta ta’sir ko’satgan koronavirus pandemiyasidan keying o’tkazilgan birinchi xalqaro musobaqada ishtirok etish oson bo’lmadi. Mana shu musobaqada final jangi men uchun qiyinroq kechdi.

- Hozirgi kunda nimalar bilan bandsiz?

- 2020 yili Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti talabasi bo’ldim. Shuning uchun hozirgi kunda ertalablari universitetda darslarga qatnashib kechki payt esa sport zalga, mashg'ulotlarga shoshilaman.

- Zulfiyaxonim ijodidagi qaysi she'riy misralari ko'nglingizdan alohida o'rin olgan?

"Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...

Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,

O’rik gullarining eding maftuni.

Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi

Ko’zlaringga surtib o’parding uni".

Har safar manga kayfiyat baxsh etagan, bahor faslini nafosatini tariflaydigan sevimli shoiramizning bu she’ri qalbimda chuqur iz qoldirgan.

- Kelgusidagi rejalaringiz
- Hozirgi vaqtda terms jamiamiz uchun mavsumiy musobaqalarimiz boshlangan, xalqaro musobaqalarga qizg'in tayyorgarlik ham ketayapti. Mana shu musobaqalarda ishtirok etib Vatanimiz bayrog’ini yuqori darajalarga ko’tarish rejam emas, balki vazifam deb o’layman.
Bundan tashqari O’zbekistonda Qilichbozlik sportini keng targ’ib qilib ko’proq yoshlarni jalb qilishga hissamni qo’shish. Universitetda fanlarni yaxshi o’zlashtirib kelgusida zo’r mutahassis bo’lish. Ota-onamni hamisha hursand qilish.

Qiziqarli suhbat uchun raxmat. Barcha orzu-niyatlaringiz amalga oshishiga tilakdoshmiz. 

Muborak Yakubova suhbatlashdi.