Farg‘onada U-23 O‘zbekiston Kubogi doirasida jamoaviy bahslar yakunlandi
Farg‘onada U-23 O‘zbekiston Kubogi doirasida jamoaviy bahslar yakunlandi
Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Kubogi doirasida bugun qilichbozlik bo‘yicha shpaga yo‘nalishidagi jamoaviy bellashuvlar ham muvaffaqiyatli yakunlandi.
Musobaqa davomida shpagacilar jamoalari o‘zining mahorati, jamoaviy ruh uyg‘unligi va qat’iyatini namoyon etdilar.
Qizlar terma jamoalari orasida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-Qoraqalpog‘iston-1
2-Andijon-1
3- Buxoro va Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorgarlik markazi
Erkaklar terma jamoalari o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
1-Andijon
2-Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-Toshkent viloyati va Buxoro
Mazkur musobaqada sportchilarimizning yuksak mahorati va jamoaviy ruhdagi chiqishlari, shuningdek, g’alabaga bo‘lgan ishonchlari alohida e’tirofga loyiq bo‘ldi.
O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi barcha g‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklaydi, kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham ularga yuqori marralar va yorqin g‘alabalar tilaydi.