Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Mamlakatimizda karantin qoidalarining yumshatilishi munosabati bilan ommaviy sport tadbirlariga bosqichma-bosqich ruxsat berilmoqda. Shu bilan qatorda sport maktablarida ham yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddi xodimlari ishtirokida 2020/2021 oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha boshqarma tasarrufidagi sport taʼlim muassasalari oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari uchun 1-kunlik oʻquv amaliy seminar (avgust kengashi uslubida) oʻtkazildi.

Mazkur yigʻilishda yangi o’quv yiliga guruhlarni jamlash, pedagogik yuklamalar (dars soatlarni taqsimlash), oʻquv mashgʻulot jarayonlarni onlayn yoki oflayn tarzida tashkil etish, oʻquv ishlariga oid meʼyoriy hujjatlarni yuritilishi, oʻquvchi-sportchilarni guruhdan-guruhga oʻtkazish, trener va uslubchilarni hamda sportchilarga toifa va razryadlar berish hamda sport turlari boʻyicha dasturlar tashkil etish kabi masalalar kun tartibidan o’rin oldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati