Tabrik
Tabrik
O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi nomidan Kalxorazov Dauletmurat Utepbergenovichni Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgani bilan tabriklaymiz!????
Dauletmurat Utepbergenovich O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ijrochi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori sifatida yurtimiz sporti, ayniqsa qilichbozlik taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
Dauletmurat Utepbergenovich Qoraqalpog‘iston hududida qilichbozlik sport turini birinchi bo‘lib joriy etgan murabbiy sifatida tarixda qolgan hamda bugun bu sportning rivojlanishi va yangi iste’dodlarning yetishib chiqishida beqiyos o‘rin tutmoqda.
Dauletmurat Kalxorazov fidoyi mehnatlari, yoshlarga bo‘lgan e’tibori va sportchilarni tarbiyalashdagi yuksak xizmatlari barcha uchun ibratdir.
Dauletmurat Utepbergenovichga mustahkam sog‘lik, bardavom zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!
O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi