Respublika Maxsus komissiyasi murojaati

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-avgustidan boshlab mamlakatimizda karantin talablari bir muncha yumshatilishi maʼlum qilingan edi. Shu holat yuzasidan Respublika Maxsus komissiyasi aholiga maxsus murojaat bilan chiqdi.
“Avvalo, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarga 2020-yil 10-iyuldan buyon joriy etilgan karantin cheklovlariga qatʼiy va intizomli ravishda rioya etganlari uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz.
Bu koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bogʻliq holatni barqarorlashtirish imkonini yaratdi.
Bugun, 15-avgustdan boshlab mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini taʼminlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida karantin cheklovlari yumshatilmoqda.
Karantin qoidalarini yumshatish uni bekor qilishni anglatmaydi. Kasallanishlar soni koʻpayishining oldini olish maqsadida, Komissiya fuqarolar tomonidan shaxsiy himoya choralariga qatʼiy rioya qilishni davom ettirishlarini soʻraydi. Shu jumladan:
jamoat joylarida niqob taqib yurish;
ijtimoiy masofani saqlash;
qoʻllarni muntazam yuvish va antiseptik gigiyena vositalaridan doimiy foydalanish.
Ushbu qoidalarga amal qilmaslik kasallikning qayta avj olishiga va natijada qattiq karantin choralari takroran kuchga kiritilishiga olib kelishi mumkin”, mumkin deyiladi murojaatda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati