Kosonsoyda sport faoliyati qayta yoʻlga qoʻyildi

Hukumat maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, mamlakatimizning “yashil” toifaga kiruvchi hududlarida sportni qayta jonlantirish va mashgʻulotlar jarayonlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yaqinda “yashil” toifaga kiritilgan Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida ham aholi va yoshlarni sportga keng jalb qilish, sport toʻgaraklarini faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyish ishlari boshlab yuborildi.

Kosonsoy tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabida sport seksiyalari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, yosh sportchilar oʻrtasida sport musobaqalari ham tashkil etilmoqda. Sport inshootlarida tennis, badiiy gimnastika, futbol, yengil atletika, gandbol, basketbol va voleybol seksiyalari qaytadan yoʻlga qoʻyildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati