Farg’onada U-23 O‘zbekiston kubogi – 2025 start oldi

Farg’onada U-23 O‘zbekiston kubogi – 2025 start oldi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Qilichbozlik federatsiyasining 2025-yilgi kalendar rejasi doirasida 24–30-sentabr kunlari Farg‘ona shahrida qilichbozlik bo‘yicha U-23 yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun – 25-sentabr kuni musobaqa dasturiga muvofiq rapira quroli bo‘yicha shaxsiy bahslar o‘tkazilmoqda. 
Musobaqaning asosiy maqsadlari:
 • Qilichbozlik sportini   ommalashtirish va yoshlar orasida targ‘ib qilish;
 • Respublika terma jamoalari uchun iste’dodli sportchilarni tayyorlash
 • Qilichbozlarning mahoratini oshirish;
 • Do‘stona va sport aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan. 

Bellashuvlarda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardan kelgan jamoalar ishtirok etmoqda.