Milliy jamoalar markazi loyihasi taqdimoti oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ayni kunlarda futbol boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashgʻulot markazini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Bugun OʻFA konferensiyalar zalida xorijiy mutaxassislar tomonidan ushbu oʻquv-mashgʻulot markazi loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda federatsiya Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Mazkur taqdimotda OʻFA rahbariyati, terma jamoalar boʻlimi mutaxassislari va murabbiylari ishtirok etib, loyiha boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Ushbu markazning zamon talablariga mos, futbolchilar uchun har tomonlama qulay jihozlanishi mavzusi muhokama etildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati