TAYINLOV: Fargʻona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻi bilan Dadaboyev Murod Abdurashidovich Fargʻona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Murod Dadaboyev 1971-yilning 14-sentyabrida Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli, Fargʻona politexnika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Fargʻona viloyatidagi “Iskoj” zavodida qoʻriqlash boʻlimi boshligʻi, 2003-yildan 2008-yilgacha Fargʻona viloyat Kikboksing federatsiyasi raisining yordamchisi, “Murod Zamon qurilish” firmasi rahbari boʻlib ishlagan.
2017-2018-yillarda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Margʻilon shahar boʻlimi bosh mutaxassisi, 2018-2020-yillarda Margʻilon shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Fargʻona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Dadaboyev Murod Abdurashidovichni yangi lavozimga tayinlanganligi bilan samimiy muborakbod etgan holda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat yor boʻlishini tilaydi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati