Jahon chempionlari texnogen falokat oqibatlarini bartaraf etishda faollik koʻrsatmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Koʻngilli sportchilar” guruhi Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yuz bergan texnogen falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etishmoqda.
Sportchilar hududlarda talofat koʻrgan aholi turar joylari, ijtimoiy soha obyektlari va yoʻllarni qayta tiklash boʻyicha olib borilayotgan ishlarda faollik koʻrsatmoqda.
Jumladan, Sardoba tumanida 45 nafar, Oqoltin tumanida 40 nafar, Mirzaobod tumanida 45 nafar hamda Guliston shahrida joylashgan oziq-ovqat jamlash omborida 20 nafar jami 150 nafar sport sohasi vakillari xizmat qilishayapti.
Mazkur ishlarga sportchilarimizdan Universal jang boʻyicha 8 karra jahon chempioni Alisher Abdullayev, Bahodirlar oʻyini va tosh koʻtarish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh treneri Lochin Husanov, Kikboksing boʻyicha bir qator chempionlarni yetishtirgan mashhur trener Abdulla Kuchmurodov kabilar qatorida koʻplab mashhur sportchilar va trenerlar oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati