Nima uchun kun davomida suv ichishni unutib qoʻyamiz?
Ammo inson organizmining 70%i suvdan iborat, suyuqlik esa inson tanasining ajralmas bir qismidir. Suv yetishmagan holatlarda esa kutilmagan va yoqimsiz holatlar yuzaga keladi.
Toza ichimlik suvi ichki aʼzolarni tozalaydi, shishlar bilan kurashadi, tanadagi toksinlarni chiqarib tashlaydi, tana holatiga ijobiy taʼsir qiladi, ozish uchun yordam beradi, teri holatini yaxshilaydi.
Ushbu moʻjizaviy sifatlarni esa suvni toʻgʻri va kerakli miqdorda ichadigan odamlar oʻzlarida sezadilar xolos.

Misol uchun suvni maʼlum bir kundalik yumushni bajarish vaqtida ichish kerak. Shu tariqa uygʻonganingiz zahoti, ishga kelgan paytingiz yoki tushlikka chiqish avvalidan ichib olish odatini oʻzlashtiramiz. Yana bir muhim qoida: dasturxon atrofiga oʻtirishdan oldin bir stakan suv ichib oling. Bu ovqat hazm qilish jarayonini tezlashtiradi, oshqozonga toʻqlik hissini beradi.

Avval sharbatlarning teng yarmini suv bilan aralashtirib iching. Kundalik miqdorni asta-sekin koʻpaytiring, ana shunda yangi tartibga ham osonroq oʻrganasiz.


Shunda ham suvning quruq oʻzini icha olmasangiz, uning ichiga bir nechta boʻlak limon soling. Limon oʻrniga yalpiz, greypfrut va apelsin qoʻshish ham mumkin. Ammo shuni unutmangki, suv ichiga shakar qoʻshish mumkin emas. Yoʻqsa foydali odat foydasiz mashgʻulotga aylanib qoladi.

Shiddatli hayot tarzi bilan yashaydigan insonlar kun davomida suv ichish kerakligi haqida unutib qoʻyishlari mumkin. Agar bu kabi muammo sizda ham boʻlsa, zamonaviy texnika imkoniyatlaridan samarali foydalaning. Bugungi kunda suv ichish miqdorini hisoblab boradigan mobil ilovalar juda koʻp. Agar istasangiz telefoningizdagi budilnikni har soat boshiga sozlab, u qoʻngʻiroq chalganda suv ichib olsangiz boʻladi.
