OʻzDJTSU tomonidan sardobaliklarga insonparvarlik yordami joʻnatildi

Xabaringiz bor, 1-may kuni tongda Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv omboridan suv chiqishi natijasida Sardoba tumanidagi aholi yashash punktlariga jiddiy zarar yetdi.

Xalqimiz azaldan bunday ogʻir kunlarda jipslashib, ofatlarni ahillik va hamjihatlik bilan yengib oʻtgan. Bugungi qiyin sharoitda ham xalqimizning mana shu oliyjanob fazilatlari yana-da yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Ayniqsa, muqaddas Ramazon oyida har bir yurtdoshimiz bir-biriga mehr-muruvvatli, saxovatli boʻlish kerakligini chuqurroq his qilmoqda.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati va professor-oʻqituvchilari ham tashabbus bilan chiqib, 3-may kuni Sardoba tumanida ofat oqibatlaridan jabrlangan mahalliy aholiga roʻzgʻor buyumlari, issiq kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlardan tashkil topgan “Insonparvarlik yordami” joʻnatildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati