Bilib qoʻygan yaxshi: sportda eng koʻp uchraydigan 5 ta doping moddasi
Doping — organizmning ruhiy va jismoniy faoliyatini qisqa muddat kuchaytiradigan moddalar hisoblanadi. Maʼlumki, sportda doping moddalaridan foydalanish qatʼiyan taʼqiqlanadi. Ammo, bir paytlar doping moddalaridan sport oʻyinlari natijalarini yaxshilash maqsadida foydalanilgan.
Sportchilar orasida doping moddalaridan zaharlanish va oʻlim holatlari kuzatilganligi uchun Xalqaro olimpiya qoʻmitasi 1967-yildan sport oʻyinlari chogʻida doping qabul qilishni man etgan va qatʼiy nazorat oʻrnatgan. Qatʼiy qonun qoidalarga koʻra, hozirda doping ishlatgan sportchilar musobaqalardan hatto bir necha yilga chetlashtiriladi.
Doping soʻzi inglizcha doping, dope soʻzlaridan olingan boʻlib, “narkotiklar bermoq” degan maʼnoni anglatadi. Bugungi kunda doping moddalarining bir nechta turlari mavjud. Hozir eʼtiboringizga sportda eng koʻp uchraydigan 5 ta doping moddasi haqida maʼlumot berib oʻtamiz.
1. EPO (eritropoetin). Koʻproq siklik sport turlariga mansub: velosport, changʻi sporti, biatlon, suzish va boshqalar.
2. Anabolik steroidlar (testesteron, stanozolol, nandrolon, metenolon). Koʻproq yengil va ogʻir atletika, suzish, changʻi sporti va boshqalarga mansub.
3. Diuretiklar, yoki siydik xaydovchilar (xlortalidon, atsetazolamid, triamterin, furosemid). Koʻproq badiiy gimnastika, figurali uchish, yengil va ogʻir atletikaga mansub.
4. Qon va qon komponentlarini quyish. Koʻproq velosport, yengil atletika, changʻi sporti va boshqalarga mansub.
5. Neyrostimulyatorlar, yoki ruhiyatni qoʻzgʻatuvchilar (kokain, efedrin, ekstazi va amfetaminlar). Ular deyarli barcha sport turlariga mansub – boksdan boshlab to badiiy gimnastikagacha.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati