Qilichbozlik qadriyatlarini kashf eting

Qilichbozlik qadriyatlarini kashf eting

Qilichbozlik universal sport turidir. Besh yoshli bolakay ham shuningdek katta yoshdagilar, buvi va buvilar ham qilichbozlik qurollari, shpaga, rapira va sablyani qollariga olib, raqib bilan jang qilishi mumkin. Evropaning ko'plab mamlakatlarida qurol-aslahalar bilan ishlash mahoratini avloddan-avlodga o'takazish bo'yicha klublar mavjud. Masalan, Fransiyada 750 dan ortiq qilichbozlik klublari mavjud. U yerda bolalar besh yoshdan qilichbozlk bilan shug'ullanishni boshlaydilar. Qilichbozlik zaliga kelib, bolalar yangi bir qiziqarli dunyoni kashf etadilar. Ularning qilichbozlk jihozlari kattalarnikiga o'xshaydi, ammo ular engil va qisqartirilgan qurollardan foydalanadilar. Fransiya qilichbozlik federatsiyasi boshlang'ich mushketyorlar va bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar uchun uslubiy qo'llanma to'plami chop etdi. E'tiboringizga ushbu kitobdan bir nechta sahifalarni taqdim etamiz.  Qilichbozlik muxlislari hamda bugungi kunda mamlakatimizda ochilgan qilichbozlik klublarida ushbu ajoyib sport turini mashq qilishni boshlash imkoniyatiga ega bo'lganlar uchun ushbu material bilan tanishish juda qiziqarli bo'ladi.

Qilichbozlik qadriyatlarini kashf etaman

Qilichbozlik va murabbiyimning harakatlari tufayli men yaxshilandim

  • Men muloyimman
  • Menda sport xarakteri bor
  • Men boshqalarni hurmat qilaman
  • Men boshqalarga yordam beraman
  • Men qunt qilaman
  • Men ehtiyotkorman
  • Men o'zim mustaqilman
  • Men tirishqoqman
  • Men klub hayotida qatnashaman
  • Men xavfsizlik qoidalarini bilaman.
  • Himoyalanish uchun o'zim kiyinishim mumkin.

 

Men foydalanadigan qilichbozlik kurtkasi belgilangan himoya standartlariga javob berishi kerak. 

Men uni bog'lab qo'yganimga va bo'yinimni himoya qilish uchun yoqasini ko'targanimga ishonch hosil qilishim kerak. 

Mening qo'lqopim qilichbop kamzulimning etagiga mahkam o'rnashganligini tekshiraman.

Men o'zim uchun niqobni tanlashim mumkin.

Niqobning yoqasi yirtilmasligi va buzilmasligi kerak.

Niqobning orqa "tili" boshning orqa qismiga mahkam o'rnashishi kerak.

Niqobning boshga yaxshi tushishiga ishonch hosil qilish uchun men engashib boshimni silkitaman, niqob tushmasligi kerak.

Men qilichbozlik yo'lakchasi haqida hamma narsani bilaman.

Qilichbozlik yo'li - bu ikkala tomon va orqada chegaralangan yo'lak. 

Agar men bir oyog'im bilan yo'lakda yursam, bellashuv to'xtaydi va men o'z joyimga qaytishim kerak.

Agar men ikki oyog'im bilan yo'lakdan yursam, kurash to'xtaydi, men bir metr orqaga chekinib, trekka qaytaman. 

Agar men ikki oyoq bilan yo'lakning orqa chizig'idan o'tib ketgan bo'lsam, erkin zarbani olaman. Va bu har safar men yo'lakdan chiqqanimdan keyin sodir bo'ladi.

Yo'lda belgilangan chiziqlar menga jang paytida harakat qilishimga imkon beradi:

•   Har bir jangning boshida va har bir berilgan zarbadan keyin men "jangga!" Pozitsiyasini ko'rsatadigan chiziq orqasida turishim kerak. 

•   Ogohlantirish chizig'i yo'lning oxirigacha 1 metr qoladi, deb eslatadi.

Eng kichigi uchun yo'l uzunligi - 10 metr

Hukamlik qilishni o'rganish  

Men bellashuvda hakamlik qilsam —

Men baland ovozda gapiraman;

Men 4 ta guruhni bilaman: "Jang uchun!", "Tayyormi?", "Boshlash!", "To'xtang!", Tegishli imo-ishoralar bilan (1,2,3,4-rasmlar);   

Men kurash paytida ishtirokchilar bilan harakatlanib, har doim 2 ta qilich tig'ini va elektr fiksatorni ko'rib turishim kerak.

Men bir qo'l bilan zarba olgan ishtirokchini va boshqa qo'l bilan zarbani amalga oshirgan qilichbozni ko'rsata olaman (5-rasm);

Men sanchilgan zarbani haqiqiy emas deb topishim mumkin  (6-rasm) ko'rsatadi;  

Men hujumchi himoyaga qachon o'tganini ko'rsata olaman (7-rasm);

Men yomon bajarilgan hujumni belgilashim mumkin (8-rasm);

Men shuningdek qilich tig'ini "yolakka" sanchgan ishtirokchining ustuvorligini qanday ko'rsatishni bilaman (rasm 9).

 

Muborak Yakubova tarjimasi