Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi!
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi!
Poytaxt mezbonlik qilgan kattalar o’rtasidagi O’zCh doirasidagi sablya yo’nalishi bo’yicha jamoaviy bellashuvlar keskin burilishlarga boy tarzda o’tdi.
Mazkur bahsdagi kuchli jamoalar uchrashuvlari so‘nggi soniyalargacha davom etgan murosasiz kurashlar va muxlislarning qizg‘in olqishlari musobaqaga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Yakuniy bahsda “Qoraqalpog’iston-1” ayollar va erkaklar jamoalari chempionlikni qo’lga kiritib, oltin medalga sazovor bo’lishdi.
Ayol-qizlar:
1. Qoraqalpog‘iston-1
— Nargiza Jaksibayeva
— Gulistan Perdibayeva
— Nargiza Utebayeva
— Axsingul Xojabayeva
2. Qoraqalpog‘iston-2
3. Jizzax-1 va Toshkent-1
Erkaklar:
1. Qoraqalpog‘iston-1
— Islombek Abdazov
— Musa Aymuratov
— Azizbek Davletnazarov
— Nurkeldi Turganbaev
2. Qoraqalpog‘iston-2
3. Toshkent-1 va Toshkent-2
G‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz! Ushbu chempionat yana bir bor o‘zbek qilichbozligi yangi yutuqlar sari dadil odimlayotganini namoyish etdi.





.jpg)

