O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi barchani, 2026-yilning 3–8-may kunlari qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatiga taklif etadi

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi barchani, 2026-yilning 3–8-may kunlari qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatiga taklif etadi

Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va respublikamizning barcha viloyatlaridan iqtidorli kuchli sportchilar ishtirok etmoqda.

Shu munosabat bilan Sizni ushbu anjumanimizning ochilish va taqdirlash marosimlari hamda qilichbozlik bo‘yicha qizg‘in bahslarni tomosha qilish uchun chorlaymiz.

Musobaqa o‘tkazilish manzili:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 3-tor, 57-uy, “Respublika Kelajak markazi”.