Asakalik qilichbozlar Prezident olimpiadasiga tayyorlanmoqda
Asakalik qilichbozlar Prezident olimpiadasiga tayyorlanmoqda
Avval xabar qilinganidek, ayni kunlarda Andijon viloyatida qilichbozlik sporti bo’yicha Prezident olimpiadasiga tayyorgarlik ishlari reja asosida olib borilmoqda.
Xususan, Asaka shahrida qilichbozlikning rapira turi bo‘yicha qariyb 100 nafarga yaqin turli yosh toifasidagi sportchilar tayyorlanadi.
Bu yerda mashg‘ulotlarni tajribali murabbiy Rinat Semeneev hamda yosh trenerlar Muslimbek Mirzaolimov va Kamila Nyunina olib boradilar.
Ta’kidlash joizki, Asakalik qilichbozlar qator yillar davomida respublika va xalqaro musobaqalarda ham munosib qatnashib, g’olib va sovrindorlar safidan o’rin egallab kelmoqda.
Bu bilan sportchilar Asaka - kuchli rapirachilar maktabi ekanini isbotlashgan.
Biz barcha qilichbozlarga oldinda turgan eng nufuzli - Prezident Olimpiyadasi musobaqalarida omad tilaymiz!





