Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi!

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi! 

 

Bugun poytaxtimiz Toshkentda joylashgan Kelajak markazi sport majmuasida qilichbozlik bo’yicha mamlakatimiz miqyosidagi yirik va nufuzli musobaqaga start berildi — kuch, iroda va mahorat sinovdan o‘tadigan sport maydoni ochildi.

Musobaqalar reglament asosida o‘tkazilib, yakka va jamoaviy bellashuvlarni o‘z ichiga oladi. 

 

O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi mazkur Respublika chempionatini yuqori saviyada va xalqaro musobaqalar darajasida o’tkazilinishiga alohida e’tibor qaratgan. 

Musobaqaning ilk kunida shpachilar yalkalik bahsi no’lib o’tmoqda. Unda 66 nafar erkaklar va 51 nafar ayol-qizlar g‘alaba uchun kurash olib bormoqda.

 

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan — Navoiy, Buxoro, Andijon viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyatlari, shuningdek Guliston, Farg‘ona va boshqa viloyatlardan sportchilar ishtirok etmoqda.

 

Start berildi — oldinda keskin bahslar, unutilmas lahzalar va yangi chempionlar kutmoqda!