Yosh shpaga ustalari yana bir muhim bosqichda!

Yosh shpaga ustalari yana bir muhim bosqichda! 

2026 yil 2–12 aprel kunlari Navoiy shahrida yosh qilichbozlarning mintaqaviy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qizg‘in davom etmoqda. Ushbu yig‘inda Navoiy, Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan kelgan sportchilar oldinda turgan eng muhim sinov — Prezident olimpiadasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Mashg‘ulotlar jarayonida yosh sportchilar o‘z sport mahoratlarini tajribali murabbiylar — Saidbek Djeenbayev (Toshkent viloyati), Kamoliddin Raxmatov (Buxoro), Farxod Usanov (Samarqand) hamda Albina Abduraxmanova (Navoiy) rahbarligida oshirib bormoqda. Har bir mashg‘ulot — bu yangi tajriba, yangi kuch va yangi g‘alabalarga qo‘yilgan mustahkam qadamdir

Yig‘in tashkilotchilari O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yuqori saviyada tashkil etishda ko‘rsatgan yaqindan ko‘magi uchun chuqur minnatdorlik bildirdilar.

Oldinda esa katta sinovlar va yorqin g‘alabalar kutmoqda!