Sport sohasida muhim qadam!

Sport sohasida muhim qadam!

Sport vazirligida yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda davlat idoralari, sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda biznes vakillari keng ishtirok etdi. Shuningdek, hududlardan va sport federatsiyalaridan mutaxassislar onlayn tarzda ulanib, jarayonga faol qo‘shildilar.

Matbuot anjumanida Sport vaziri Adkham Ikramov, o’z ma’ruzasida yangi tahrirdagi Qonun sport infratuzilmasini rivojlantirishga, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ibotiga hamda professional sportni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi, shuningdek sohada yangi imkoniyatlar yaratilganini alohida qayd etdi.

Prezidentimiz qarori ham sport sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va sport tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini oshirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatlidir.

Yangi islohotlar — sog‘lom jamiyat va kuchli sport kelajagi sari muhim qadam!