Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida qilichbozlik bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida qilichbozlik bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Ushbu tadbirda tajribali trenerlar hamda Prezident Olimpiadasida qatnashuvchi sportchilar faol ishtirok etdi.
Seminarning asosiy e’tibori sportchilarning musobaqa oldidan psixologik va ruhiy tayyorgarligi, shuningdek jismoniy holatini yanada mustahkamlash masalalariga qaratildi.
Shu bilan bir qatorda, seminar davomida rapira yo‘nalishida tajribali trenerlar — Kuts Roman Vicheslavovich hamda Soloveva Alisa Sergeevna o‘z bilim va boy amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilarga qimmatli maslahatlar berdi.
Bundan tashqari, musobaqaga tayyorgarlik jarayonida hamda musobaqa vaqtida to‘g‘ri ovqatlanish tartibi muhokama qilinib, sportchilar uchun optimal ratsion tuzish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar sportchilarning har tomonlama mukammal tayyorgarligini ta’minlash, ularning natijalarini yanada yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.



