U-20 O‘zbekiston chempionati yakunlandi!
U-20 O‘zbekiston chempionati yakunlandi!
Toshkent shahrida 2006-yilda tug‘ilgan va undan kichik sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan qilichbozlik bo‘yicha U-20 O‘zbekiston Respublikasi chempionati sablya yo‘nalishidagi jamoaviy bahslar bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqa davomida yosh qilichbozlar yuksak mahorat, kuchli iroda va haqiqiy sport ruhini namoyish etdilar. Har bir bahs keskin, murosasiz va tomoshabop o‘tdi. Maydonda g‘alaba uchun kurashgan har bir jamoa o‘zining qat’iyati va jamoaviy birdamligi bilan ajralib turdi.
Yigitlar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin — Qoraqalpog‘iston 1
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston 2
3-o‘rin — Toshkent 1
3-o‘rin — Toshkent 2
Qizlar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin — Toshkent 1
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston 1
3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston 3
3-o‘rin — Jizzax 1
Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz!
Yosh qilichbozlarimizga yangi marralar, yorqin zafarlar va xalqaro arenalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qolamiz!








