O‘zbekiston chempionati U-20 rapirachi g’oliblar aniqlandi

O‘zbekiston chempionati U-20 rapirachi g’oliblar aniqlandi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati U-20 musobaqasi doirasida rapira yo‘nalishidagi yakkalik bahslari yakuniga yetdi va g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi.

Mazkur bellashuvlarda jami 89 nafar sportchi ishtirok etdi, shundan 48 nafari qizlar bo‘ldi. Bahslar nihoyatda keskin va hayajonli ruhda o‘tdi.
Ayniqsa, poytaxtlik qilichbozlar o‘z mahorati va qat’iyatini namoyish etib, raqiblarini ortda qoldirgan holda chempionlik shohsupasini egallashdi. 

Yigitlar o‘rtasida:
 1-o‘rin — Usmanov Ulug‘bek (Toshkent)
 2-o‘rin — Pulatov Serdar (Toshkent)
 3-o‘rin — Komiljonov Sheramon (Farg‘ona OPSTTM)
 3-o‘rin — Atabekov Amirbek (Toshkent)

Qizlar o‘rtasida:
 1-o‘rin — Volobueva Polina (Toshkent)
 2-o‘rin — Kildeeva Aneliya (Toshkent)
 3-o‘rin — Miratxamova Shodiyaxon (Milliy klub)
 3-o‘rin — Adashalieva Sabina (Toshkent)

Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz!