Shpagachi chempionlar aniqlandi!

Shpagachi chempionlar aniqlandi!

Avval xabar qilinganidek, Toshkent shahrida 2006-yilda tug‘ilgan va undan kichik sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi U-20 chempionati qizg‘in bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Chempionatning ilk kunlarida shpaga yo‘nalishida shaxsiy va jamoaviy bellashuvlar yakuniga yetdi.

Shpagachi yigitlar o‘rtasidagi shaxsiy bahslar yakunda quyidagi sportchilar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi:
1. Ibodullayev Asilbek – Buxoro OPSTTM
2. Turishev Iskandar – Respublika OPSTTM
3. Savronov Ozodbek – Guliston OPSTTM
3. Nazirkulov Nuriddin – Guliston
Qizlar:
1.Mansurova Madina-Toshkent
2.Nazarova Sanam -Toshkent
3.Urinbaeva Shaxzoda - Qoraqalpog’iston va Ruzibaeva Yasmina - ROPSTTM

Jamoaviy bahslar:
Qizlar:
1. Andijon 1
2. Toshkent 1
3. Qoraqalpog‘iston 1 va Buxoro

Yigitlar:
1. Toshkent 1
2. Qoraqalpog‘iston 1
3. Andijon 1 va Guliston 1

Barcha g’olib va sovrindorlarni tabriklaymiz va yosh qilichbozlarimizga kelgusi bahslarda ham omad tilaymiz!