Bugun – 20-fevral kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi!

Bugun – 20-fevral kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi!

20–27-fevral kunlari davom etadigan ushbu nufuzli musobaqada qit’aning eng kuchli va mohir qilichbozlari g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Quvonarlisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham katta tarkib bilan Osiyo arenalarida o‘z kuchini namoyon etmoqda.

Chempionatning ilk kunidayoq hayajonli bahslar boshlandi: o‘smirlar o‘rtasida qizlar sablya va shpaga yo‘nalishida, o‘g‘il bolalar esa rapira qurolida g‘alaba uchun bellashmoqda.

Har bir chiqish — bu faqatgina sportchining chiqishi emas, bu matonat, intizom va Vatan sha’nini himoya qilish demakdir. Har bir zarba ortida yillar davomida to‘kilgan mehnat, qat’iyat va orzular mujassam.

Yosh qilichbozlarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz!