U-17 O’zCh: Sablya boyicha chempionlar aniqlandi
U-17 O’zCh: Sablya boyicha chempionlar aniqlandi
Toshkentda o‘tkazilgan
17 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Mazkur chempionat doirasida 13-14 fevral kunlari sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik va jamoaviy bahslar nihoyatda keskin, murosasiz va hayajonli ruhda bo‘lib o‘tdi.
Yosh sportchilarimiz o‘z mahorati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi bilan barchaga chinakam sport bayramini tuhfa etishdi.
⸻
Yakkalik bahslari (yigitlar):
1. Bekjanov Artur — faxrli 1-o‘rin
2. Alimov Saidibrohim — 2-o‘rin
3. Ametbekov Sultonbek va Kabulov Alisher — 3-o‘rin
⸻
Yakkalik bahslari (qizlar):
1. Ganiyeva Sevara — 1-o‘rin
2. Utebayeva Nargiza — 2-o‘rin
3. Jaksimuratova Diana va Ruziyeva Salima — 3-o‘rin
⸻
Jamoaviy bahslar natijalari:
Yigitlar jamoasi:
1. Qoraqalpog‘iston 1
2. Toshkent 1
3. Qoraqalpog‘iston 2 va Qoraqalpog‘iston 3
Qizlar jamoasi:
1. Qoraqalpog‘iston 1
2. Qoraqalpog‘iston 3
3. Jizzax va Toshkent 1
⸻
Bu g‘alabalar — tinimsiz mehnat, temir intizom va sportga bo‘lgan cheksiz muhabbat samarasidir.
Bugungi yosh chempionlar — ertangi yirik xalqaro arenalar g‘oliblari! ????????
Barcha sportchilarni, murabbiylar va ota-onalarni samimiy tabriklaymiz!
Kelgusi startlarda ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)

