Mahorat, jangovar ruh va tajriba maktabi

Mahorat, jangovar ruh va tajriba maktabi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2026-yil uchun vaqtinchalik respublika kalendar rejasiga muvofiq, qilichbozlik sport turi — shpaga yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar milliy terma jamoasi a’zolari ishtirokida joriy yil 2–14 yanvar kunlari Toshkent shahridagi “Paxtakor” qilichbozlik zalida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur mashg‘ulot yig‘ini jarayonida sportchilar jangovar tajribani chuqurlashtirish, texnik va taktik mahoratni oshirish, tezkor qaror qabul qilish hamda musobaqa sharoitiga yaqin muhitda o‘z ustida ishlashmoqda. 

Tajribali murabbiylar raxbarligida otayotgan ushbu yig’indagi har bir mashg’ulot, har bir mashq — bu sportchilar uchun professional o‘sish, ichki intizom va sport xarakterini shakllantirish yo‘lidagi muhim bosqichdir.

Maqsad aniq — kuchli tajriba, puxta tayyorgarlik va yuksak natijalar.
Yosh qilichbozlarimizga sport mahoratini oshirish maydonida bardavomlik, qat’iyat va muvaffaqiyat tilaymiz!