Dilorom Turdiqulova “Yilning eng yaxshi hakami”
Dilorom Turdiqulova “Yilning eng yaxshi hakami”
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Milliy sport mukofot–2025” tantanali taqdirlash marosimi O‘zbekiston sporti hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi.
Mazkur nufuzli tadbirda yurtimiz sporti rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan sportchilar, murabbiylar, hakamlar hamda soha fidoyilari e’tirof etildi.
O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi nomidan qilichbozlik bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Dilorom Turdiqulovaning “Yilning eng yaxshi hakami” nominatsiyasi bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Dilorom Turdiqulovaning yuksak professional mahorati, xolislik va mas’uliyat bilan olib borayotgan faoliyati milliy qilichbozlik sportining rivoji hamda xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu yutuq uning fidokorona mehnati va kasbiga bo‘lgan sadoqatiga berilgan munosib bahodir.
Dilorom Turdiqulovaga mustahkam sog‘lik, kelgusidagi faoliyatida ulkan yutuqlar, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli hakamlik tilaymiz!

