Toshkentda yosh sablyachilar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi
Toshkentda yosh sablyachilar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent shahrida 13 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati doirasida sablya yo‘nalishida yakkalik bahslar o’tkazildi.
Musobaqada mintaqaning iqtidorli yosh qilichbozlari ishtirok etib, texnik mahorat, tezkorlik va sport intizomini namoyon etdilar. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra quyidagi sportchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi.
O‘g‘il bolalar (32 nafar):
1. Maksetov Dierbek
2. Usmanov Aslanbek
3. Niyozov MuhammadRizo
3. Kaipanov Rasul
Qizlar (36 nafar):
1. Abdujabarova Soliha
2. Mavlenbergenova Perizat
3. Mirzaeva Lola
3. Djiengalieva Zamanoy
Mazkur musobaqa yosh sportchilarning mahoratini oshirish, xalqaro tajriba almashish hamda milliy terma jamoa zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




G‘olib va sovrindor sportchilarni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ularga yanada yuqori yutuqlar tilaymiz.
