MO chempionati Rapira yo‘nalishida jamoaviy bahslar: g‘alaba — jamoaviy birlik samarasidir!
MO chempionati Rapira yo‘nalishida jamoaviy bahslar: g‘alaba — jamoaviy birlik samarasidir!
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionati doirasida rapira yo‘nalishidagi jamoaviy musobaqalar katta hayajon va keskin kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi. Har bir bahsda yosh qilichbozlar nafaqat texnik mahoratini, balki jamoaviy birdamlik, iroda va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyon etdi.
O‘g‘il bolalar jamoalari:
1. National Club jamoasi - UZB
Nazriev Ibrohim
Pravedniy Gleb
Shukurjanov Muhammadamin
Shukurjanov Muhammadziyo
2. Farg‘ona – 1
3. Toshkent – 1
3. Andijon
Qiz bolalar jamoalari:
1. Qozog‘iston – 1
Kojagali Alma
Kojaeva Alina
Sushchix Teya
2. National Club – 1
3. Toshkent – 1
3. National Club – 2
Ushbu musobaqalar yosh sportchilarning katta sport sari dadil qadam tashlayotganini, ularning intizomi va jamoaviy uyg‘unligini yaqqol ko‘rsatdi. Bugungi g‘alabalar — ertangi yuksak marralarning mustahkam poydevoridir.
G‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!



