U-13 Markaziy Osiyo chempionati: Shpaga bo‘yicha jamoaviy bahslar yakunlandi!

U-13 Markaziy Osiyo chempionati: Shpaga bo‘yicha jamoaviy bahslar yakunlandi!

Bugun poytaxtimizda 
13 yoshgacha bo‘lgan yosh qilichbozlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionati doirasida shpaga yo‘nalishidagi jamoaviy bellashuvlar katta hayajon va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

Ahamiyatli jixati, har bir uchrashuv – iroda, tezkorlik va jamoaviy birlik sinovi ekanligini ko’rsatdi! 

 Qizlar jamoalari natijalari:
1. Andijon
2. Qoraqalpog‘iston
3. Navoiy-1
3. Terma-miks jamoa (UZB)

 O‘g‘il bolalar jamoalari natijalari:
1. Qozog‘iston-1
2. Andijon-1
3. Buxoro
3. Navoiy

 G‘olib va sovrindor jamoalarni chin qalbdan tabriklaymiz! 
Yosh sportchilarimizning har bir chiqishi – kelajakdagi yirik g‘alabalarga tashlangan mustahkam qadamdir.