Qilichbozlarimizning xalqaro maydondagi munosib natijasi
Qilichbozlarimizning xalqaro maydondagi munosib natijasi
3–7 dekabr kunlari Shimkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha
O.V. Felinskaya xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Markaziy Osiyodan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston, xususan Navoiy viloyati nomidan qatnashgan sportchilarimiz ushbu turnirda yuksak mahorat va matonat namoyon etdilar.
Shaxsiy birinchilik
Halilova Alina ajoyib jang olib borib, kumush medalga ega bo’ldi.
Keskin kechgan final bahsida u qozog‘istonlik raqibasiga 11:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Jamoaviy birinchilik
(2006-y. tug‘ilgan va undan kichik yosh)
O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etdi:
Halilova Alina, Temirova Kamila, Shodmonova Feruza, Tashmuhammedova Go’zal.
Qozog‘iston–1 jamoasiga qarshi final bahsi nihoyatda shiddatli kechdi. Qizlarimiz bor kuch va mahoratlarini namoyon etdi, biroq— 41:40 hisobida imkoniyat boy berildi.
Sportchilar va ular murabbiylarini tabriklaymiz! Bu natijalar kelgusi yutuqlar sari muhim qadamdir!






