Shpagachi sportchilar navbatdagi yig‘inda!

Shpagachi sportchilar navbatdagi yig‘inda! 

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi qilichbozlari shpaga yo‘nalishida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. 

Ayni kunlarda Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining qilichbozlik zalida mashg‘ulotlar eng qizg‘in pallaga kirgan.

 

Ahamiyatli jixati, shpaga bo‘yicha yetuk tajribaga ega professional trenerlar jamoasi mashg‘ulotlarning to‘laqonli bajarilishida sportchilarga bevosita yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib bormoqda. 

Ular har bir zarba, har bir harakat va har bir strategik qarorni chuqur tahlil qilib, jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Eslatib o’tamiz mazkur yig’in mashg’ulotlari 21 dekabr sanasigacha davom etadi. 

 

Sportchilar qilichlari chaqnagan zalda milliy jamoamiz mahoratini yanada sayqallamoqda. 

Oldinda turgan musobaqalarda sportchilarimizga omad tilaymiz!