Qilichbozlik-Shpaga-Jangovor amaliyot
Qilichbozlik-Shpaga-Jangovor amaliyot
Joriy yilning 2-noyabr kuni Poytaxtimiz Toshkent shahrida Qilichbozlik sport turi Shpaga yo'nalishi bo'yicha Jangovor Amaliyot bo'lib o'tdi.
Ushbu Jangovor amaliyotda Milliy Qilichbozlik klubi, Toshkent viloyati hamda Sirdayo viloyati sportchilari o'zaro kuch sinashdi.
Jangovor amaliyotdan asosiy maqsad sportchilarni texnik-taktik tayyorgarligini tekshirish, kelgusi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko'rish, Viloyatlar bilan do'stona uchrashuv va o'zaro mahorat bilan almashish.
Umumiy nazoratni Shpaga yo'nalishida O'zbekiston terma jamoa bosh murabbiysi A.Viktorovna zimmasiga olib, sportchilarda bo'lgan hatolarni to'g'irlab, sportchilarga kerakli bo'lgan texnik-taktik qo'llanmalarni berdi.
Murabbiy va sportchilarga omad tilaymiz! Xalqaro arenalarida O'zbekiston bayrog'i ko'tarilishi va madhiyasi jaranglashini tilab qolamiz...


.jpg)

.jpg)


