Qilichbozlikda yangi bosqich – tajriba, o‘sish va yangilanish sari!
Qilichbozlikda yangi bosqich – tajriba, o‘sish va yangilanish sari!
O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha mavjud kamchiliklarni o‘rganish, ularni bartaraf etish va murabbiylar malakasini oshirish maqsadida muhim tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
2025-yil 25-oktabr – 8-noyabr kunlari davomida xorijiy mutaxassis R. Kuts Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida xizmat safarida bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda faol ish olib bormoqda:
Rapira yo‘nalishida shug‘ullanayotgan sportchilar va murabbiylarning tayyorgarlik darajasini tahlil qilish;
Murabbiylarga sportchilarni tayyorlashdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Kichik musobaqalar, jangovar va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv-seminarlar hamda mahorat darslarini tashkil etish.
Ahamiyatli jixati, ushbu tashabbus Qoraqalpog‘iston qilichbozlik maktabi rivoji uchun yana bir yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Qoraqalpog’iston qilichbozlik sporti rivojiga o’zining munosib xissasini qo’shib kelayotgan jonkuyar murabbiy Daurbek Jiemuratov - ayni kunda Nukusda bo’lib o’tayotgan rapira bo’yicha ushbu mahorat darslarida jajji qilichbozlar katta qiziqish bilan ishtirok etayotganini ta’kidladi.
Bu kabi tajriba almashish, xalqaro yondashuvlar va murabbiylarning yangicha fikrlashi — yosh sportchilarimizning kelajakdagi yirik g‘alabalariga zamin yaratadi.
O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati







