O‘zbekiston qilichbozlari – Osiyo chempioni va sovrindorlari!
O‘zbekiston qilichbozlari – Osiyo chempioni va sovrindorlari!
2025-yil 22–26 oktabr kunlari Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida yosh qilichbozlarimiz yuksak natijalarga erishishdi.
Quvonarlisi, Rapira yo‘nalishida ham yigitlarimiz munosib ishtirok etishdi:
• Ilyas Molina — yakka bahsda bronza medalini qo’lga kiritdi.
Rapirachilarning kuchli terma jamoalari orasida O‘zbekiston terma jamoasi (Molina Ilyas, Semeneev Radmir, Alimov Fozil, Usmonov Ulug‘bek) — jamoaviy bahsda kumush medalga sazovor bo’ldi.
Yakuniy natijalar:
• Shpaga, jamoaviy bahs — 1-o‘rin, oltin medal
• Rapira, yakkalik bahs —
3-o‘rin, bronza medal
• Rapira, jamoaviy bahs — 2-o‘rin, kumush medal
Bu g‘alaba — nafaqat sportchilarimizning, balki butun O‘zbekiston sportining faxridir!
Yosh qilichbozlarimizni samimiy tabriklaymiz!


