O‘zbekiston qilichbozlari Osiyo chempioni

O‘zbekiston qilichbozlari Osiyo chempioni

 

Joriy yilning 22-26 oktabr kunlari Malayziya davlatining Kuala Lumpur shahrida qilichbozlik sport turi bo‘yicha

U-23 Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

 

Musoboqaning shpaga yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan jamoaviy bahslarda Osiyoning sakkiz eng kuchli jamoalari bilan kurashda shpagachilarimiz o‘z jasorat va haqiqiy mahoratlarini namoyon etishdi.

 

Gʻalabaga yo‘l:

 

1/8 final: O‘zbekiston — Turkmaniston — 45:30

Yarim final: O‘zbekiston — Gonkong — 45:44

Final: O‘zbekiston — Qatar — 39:38

 

 Yakuniy natija:

 

1-o‘rin — O‘zbekiston

2-o‘rin — Qatar

3-o‘rin — Gonkong

3-o‘rin — Tailand