21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin! 

 

O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimiz va sportchilarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

 

E’tirof etish kerakki, 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bo‘lib, bu sana xalqimiz tarixidagi muhim va faxrli sahifalardan biridir.

 

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va xalqimizning bebaho boyligidir. U bizni birlashtiradi, ildizlarimizni eslatadi va kelajakka ishonch bilan chorlaydi.

 

Ona tilini e’zozlash — millatni ulug‘lash demakdir!

Keling, o‘z ona tilimizni yanada qadrlaylik, uni ardoqlaylik va yosh avlodga sof holda yetkazaylik.

 

O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi