O‘zbekiston Kubogi: rapirachilar bellashuvi hayajonli g‘alabalar bilan davom etmoqda!
O‘zbekiston Kubogi: rapirachilar bellashuvi hayajonli g‘alabalar bilan davom etmoqda!
Ayni kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi musobaqasi tobora qizg‘in tus olmoqda.
Kecha rapira yo‘nalishida yakkalik bahslar o‘tkazildi. Bellashuvlarda respublikamizning turli hududlaridan 80 nafardan ortiq tajribali qilichbozlar g‘alaba uchun kurash olib bordi.
Yakuniy natijalar;
Qizlar o‘rtasida
1. Madaminjonova Durdona — Farg‘ona viloyati OPSTTM vakilasi, mahorat va sabot bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib oltin medal sohibasiga aylandi!
2. Tashpulatova Malika — Toshkent shahri
3. Kildeyeva Aneliya — Toshkent shahri
3. Karimova Asal — Toshkent shahri
Shunday qilib, poytaxt qilichboz qizlar ham o‘z ustunligini ko‘rsatib, shohsupaning qolgan barcha pog‘onalarini band etdilar!
Erkaklar o‘rtasida esa Usmanov Ulu’gbek — Toshkent shahri vakili, o‘zining ishonchli zarbalari bilan raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal I qo‘lga kiritdi! 1.
2. Mirzaolimov Muslimbek - Andijon
3. Muhamedov Azamat - Toshkent
3. Saydullaev Doniyor — Toshkent
Ushbu natijalar yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, Toshkent, Farg‘ona va Andijon maktablari O‘zbekiston qilichbozlik sportining etakchilari va faxridir!
Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!
Eslatib o’tamiz bugun rapirachilarning jamoaviy bahslari davom etmoqda — sportchilarimizga omad tilaymiz!