MDH davlatlari III o‘yinlarida — O‘zbekiston jamoalari yana shohsupada!

MDH davlatlari III o‘yinlarida — O‘zbekiston jamoalari yana shohsupada!
Bugun Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari III o‘yinlarida qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy bahslar o‘z yakuniga yetdi.

Quvonch bilan aytamizki, O‘zbekiston qizlar sablya jamoasi -
Nargiza Jaksybaeva, Ayakoz Jumamuratova, Salima Ruzieva, Nargiza Utebaeva
hamda erkaklar shpaga jamoasi —
Asilbek Ibodulloev, Kamronbek Ismoilov, Nurmuhammad Muminov, Iskandar Turishev
muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medallarini qo‘lga kiritishdi! 

Bu yutuq — sportchilarimizning fidoyiligi, murabbiylarimizning mehnati va yurtimiz qilichbozlik maktabining kuchli salohiyatidan dalolatdir. 

Yakuniy natijalar:
Erkaklar (Shpaga):
 1-o‘rin — Rossiya
 2-o‘rin — Ozarbayjon-1
 3-o‘rin — O‘zbekiston
 3-o‘rin — Belarus

Qizlar (Sablya):
 1-o‘rin — Rossiya
 2-o‘rin — Ozarbayjon-1
 3-o‘rin — O‘zbekiston
 3-o‘rin — Ozarbayjon-2

Biz barcha g’olib va sovridorlarni hamda ularning murabbiylarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!