Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!
O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi jamoasi nomidan Federatsiya raisining o‘rinbosari Zakirov Hayot O‘tkirovichni tavallud kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Hayot O‘tkirovich — ko‘p yillik tajribaga ega, o‘z kasbining mohir ustasi, yosh kadrlarga e’tiborli va talabchan rahbar, uzoqni ko‘ra biladigan strategik fikrlovchi mutaxassis ekanligi e’tirofga loyiq.
Uning mehnati, rahbarlik salohiyati va qilichbozlik sportini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi O‘zbekiston qilichbozlik maktabining yuksalishida muhim o‘rin tutadi.

Hayot O‘tkirovichga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, bardavom muvaffaqiyatlar va yangi g‘alabalarni tilaymiz!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi jamoasi