Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi start oldi!

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi start oldi!

Toshkentda haqiqiy mahorat va jasorat bahsi boshlandi! 
Bu hafta (06–11 oktyabr 2025 yil) poytaxtimizda yurtimizning eng kuchli qilichbozlari mamlakat Kubogi uchun bellashadi! 
Kattalar o’rtasida bo’lib o’tayotgan ushbu musobaqaning ilk kuni shpaga bo’yicha erkaklar va ayollar yakkalik bahsi bilan boshlandi. 

Musobaqadan ko’zlangan maqsadlar;
 Qilichbozlik sport turini ommalashtirish va yosh avlodni ilhomlantirish;
 O‘zbekiston terma jamoasi uchun yangi zaxira sportchilarni tayyorlash;
 Sportchilarning mahorat darajasini oshirish;
 Do‘stlik va sport orqali birdamlikni mustahkamlashdan iboratdir. 

 
Musobaqaning barcha Ishtirokchilarga omad va yorqin g’alaba tilaymiz!