O‘zbekiston qilichbozligida quvonchli yangiliklar!

O‘zbekiston qilichbozligida quvonchli yangiliklar!

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) qaroriga ko‘ra, 2024–2025 yilgi mavsum yakunlariga binoan xalqaro toifadagi hakam Dilorom Turdikulova shpaga yo‘nalishida dunyoning eng yaxshi uch nafar hakami qatoriga kirdi.

Bu yutuq uning ko‘p yillik professional mehnati va yuqori darajadagi hakamlik mahorati natijasidir. Dilorom Turdikulova yirik xalqaro musobaqalarning final bahslarida hakamlik qilgan, shuningdek, 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ham hakam sifatida ishtirok etgan.

Shu jumladan, O‘zbekiston sablya  terma jamoasi a’zosi — Guliston Perdebaeva yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. U o‘zining sport mahorati darajasi va sportga sadoqati bilan faxrimizga aylandi.

O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi nomidan har ikki vakilimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va ularning muvaffaqiyatlari mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini yanada mustahkamlashiga ishonch bildiradi.